Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | borilar zaminida xiyonat 2 (kochirma)
Ko'zlar ko'zga tutashdi issiq nafaslari bir birining
yuziga urilardi.Qizning qalin ro'moli yechilib
shalola sochlari yigitni yuziga yoyildi.Mansur
qizning qora ko'zlariga boqib toshdek qotdi
Qiz ham unga qarab entikib nafas ola boshladi.
Birinchi bo'lib o'ziga kelgan qiz uzr Mansur deya
o'rnidan qo'zg'oldi.
Mansur bu yaqinlik yana davom etishini
hohlasada majbur o'rnidan turdi.Qiz unga qarab
jilmayib qo'ydi.
-Balki uyga ketarman Mansur?!!
-Haaa yaxshi bor Nargiz!
-Ketaman albatta faqat meni qo'yib yuborsang!!!
Mansur o'ziga keldi.Qizni belidan qo'lini o'tkazib
quchib olgan ekan.Darxol qo'lini oldi.
Qiz xayr degancha ketib borar ekan ortida
anqayib qarab turgan yigitga o'girilib yana o'sha
jon olar tabassumini hadya etib "jinni" degancha
qiqirlab kulib qo'ydi.
Bir boqishda sevgi der edilar buni. Ikki yoshning
qalbida qaxratonda kurtak ochgan sevgi..
Oradan qish o'tdi baxor o'tdi.Bu vaqt ichida
Sevgiga tashna bu ikki qalb o'z yarmini topdi
desak ham bo'ladi.
Qishloqda allaqachon ikkisining oshiq mashuqligi
haqida gaplar doston bolib yurardi.
Xayrinso momo qachon bu uyalchang o'g'lidan
sado chiqarkin qachon sovchilkga borarkanman
deb halak edi.
Yozgi ta'tilda birinchi marta Nargizani soy
bo'yiga uchrashuvga chiqishga ko'ndirdi,o'sha
kuni qizning qo'lidan ushlab unga sevgi izxor
etdi.Qiz unga faqatgina jilmayish bilan javob
berdi.Bu uning ham seni sevaman degani bo'lsa
ne ajab.
Qizning tiniq yuzidan bo'sa olgan Mansurning
boshi osmonga yetdi qiz esa duv qizargancha
"jinni" deganicha uyiva qarab chopib
ketdi.Qizning ortidan qarab qolgan Mansur
qachon uning vasliga yetarakanman deb ho'rsinib
qo'ydi...
Hayot faqat baxtli kunlardan iborat emasligini siz
ham biz ham yaxshi bilamiz.
Xayrinso momodan kuzda uylantirib qo'yaman
tankaganing bormi degan gaoni eshitib
Mansurning boshi ko'kka yetdi.
Bu gap qishloqqa ham tarqaldi kuzda Nargizaning
to'yi bo'larmish.
Qishloqda Nargizaga ko'ngil solib yurgan yana bir
yigit bor edi.Axmad qassobning o'g'li Nozimning
ham Nargizada ko'ngli bor edi.
So'ngi habarlar uni gangitib qo'ydi.
Samimiy bu yigit ko'cha ko'yda bir ikki marta
oshnalariga Nqrgizaga uylanaman deb qo'ygandi..
Ba'zi ichi qora tanishlari yarim hazil yarim chin
qabilida battar bo'l degandek Mansur va Nargiza
haqida uning oldida chunonam so'ylardiki
eshitsangiz Layli va Majnun ham bunchalik
muhabbatga oshno tutinmagan deb yuborardingiz.
Bu gaplardan g'azablanib ichida adovat paydo
bo'la boshlagan Nizom o'z g'ururi uchun kurashib
Nargizani olishga ahd qildi.
Albatta Nargiza Mansurni sevadi unga qiyo ham
boqmasa kerak,Nizom shunga yarasha reja tuza
boshladi eng avvalo Mansurga yaqinlashish kerak
edi...
-Mansur,hov Mansur!
-A labbay kim u hozir chiqayabman!
I ye keling Nizom aka keling !
-E ukam nega chiqishing qiyin bo'ldi!?
-Uzr aka shu bo'ydoqchilkda vaqtli uxlaymiz!
-Haha obbo uka gapniam olasanda.
-Aka bizga biror hizmat bormi?
-Ha uka shu vaqting bo'lsa bitta xizmat bor!
-Aka qo'limizdan kelsa xizmatdan qochish yo'q.
-Endi uka qo'ldan kemaydi orqadan keladi ..
-Ha akam bopladizku xazilni
-Hafa bolma ozroq hazil qilamanda ukam
hademay qish keladi bu yil qishda o'zing ko'rding
bo'rilar nima qilganini meni o'zimni naqd ikta
qo'yimni on ketishdi bir kechada nomardlar yana
qanaqa de zotga boqayotgan qo'ylarimnia essiz.
-Ha bu yil ko'pchilik jonlig'idan ayrildi.
-Shunga ukam uyda bir miltiq bor menam otam
ham tushunmaymiz savil qolgirga.Shuni bir ko'rib
bersangda bir otishniam o rgatib qo'ysang uyda
patronlari bor ichiga o'qdorisini joylab berasanda
endi o'zing bilasanku a meyorini.
-Albatta akam bundan ossonmi bormi hozir
desangiz hozir qilib beraman.
-Qani yurdik esa biznikiga.
Nizom mantiqan fikralshda tengdoshlaridan bir
qadam oldinda desak mubolag'adan holi
bolmasdi.Zotanam u anchagina ishiga
puxtalardan edi.
Nozim miltiq baxona Mansur bilan yaqinlashib
oldi.O'zi shundog'am miltiqni yaxshi tushunsada
huddi Mansurdan bir nima o'rganayotgandek
ko'rsatib uning har bir hatti harakatidan yangi
narsa kashf qilgandek hursand bo'lib Mansurni
ruhlantirardi.
Shu shu oralari yaqinlashgan ikki ham qishloq bir
oyda ikki bor tog'ga ov qilishga chiqdi otgani
kaklik bedana bo'ldi,lekin ovni zavqi o'zgacha...
Yozning o'rtalarida Nizom tug'ilgan kunini
qiladigan bo'ldi.Ungacha u o'z rejasini
bosqichlarga bo'lib oldi.
Birinchi bosqich Nargizani tug'ilgan kuni
kechqurun uyida bo'lishi edi.Bu ishni singlisi
orqali bajardi.Singlisi Nargizaga sinifdosh
edi.Singlisiga bitta tilla zanjir va'da qilib
Nargizani yordam baxonasida kechqurungacha
olib qolishga ko'ndirdi.
Ikkinchi bosqich qishloqning "suyug'oyoq" qizi
Sarvinozni ko'ndirish bo'ldi.U ko'p tixirlik qilmadi
Nozim uzatgan pul uno qanoatlantirardi va u
aytgan ishga rozi bo'lib qo'yaqoldi.
Uchinchi bosqichni hikoya davomida bayon
etamiz.
Tug'ligan kun ham keldi.Kuni bo'yi rejasini
hayolida qayta va qayta pishitgan Nizom goh
gohida singlisi bilan hazil huzil qilib yurgan
Nargizaga o'g'rincha nazar tashlab qo'yardi.
Qora qoshu qora ko'zlariga mahliyo bo'lgan yigit
unga qarab qiqirlab kulayotgan qizlardan hijolat
bo'lib o'rnidan turib ketdi.
Kechqurun..tug'ilgan kun avjida ziyofatda Mansur
ham qatnashmoqda.Alang jalang qilgancha
Nargizani qidirardi.
Nizom unga Nargiza ham biznikida hizmat qilib
yuribdi uchrashasan degani uchun bi joyda
o'tirolmasdi.
-Ha Mansur tagingda mix bordek tipirchilav
qolding so'radi Nizom.
-Nargiza ko'rinmayabdiku Nizom aka?
-Buncha shoshqoloqsana u oshxonada singlimga
yordam berayabdi sen avval mana buni ich!!
Nizom shunday deya Mansurga piyola uzatdi.
-Nima bu aka deb piyolani qo'liga oldi Mansur.
-Uka bu toza uzum vinosi o'zim tayyorlaganman!
-E yoq aka bilasizku ichkilikka yoqman darrov
boshim aylanadi.Mansur piyolani qaytarayotgandi
Nizom yana majburladi.
-E ukam senga yaxshilik qilaman desam bu
nimaga bilasanmi qizni oldida dadillik uchun ha
endi uchrashuv tashkillashtirib berayabman
foydalanib qolda ukaaa!
Mansur ikkilana ikkilana piyoladagi vinoni ko'tarib
yubordi.Taxirlogidan yuzlari bujmayib ketgan
Mansurni ko'rib Nizom zaxarxanda kulib qo'ydida
bir bo'lak shokolad uzatdi.
-Mansur sen ketib qolma hozir Nargizani to'rdagi
mehmonhonaga olib o'taman u yerda hech kim
yo'q sizlarga hech kim halaqit qilmaydi hopmi.
Mansur hursand holda iljayib bosh likillatdi.
Nizom rejalari silliq ketayotgani uchun hursand
holda oshxonaga o'tdi.
U yerda Nargiza bilan singlisi ovqatlanib o'tirardi.
- eee ishtaxayi kalom,yoqimli ishtaxa yana nima
bon apetito qizlar deb kulib qo'ydi.
-Tinchlikmi aka buncha hursandsiz?so'radi
singlisi.
-Iya bugun tug'ilgan kunim ku qara shuncha
odam bopti men hozir kelaman deb tashqariga
chiqib to'g'ri Mansurning oldiga bordi.
Vino ichiga qo'shilgan mo'miyo(ko'knorining
shirasidan tayyorlanadigan kayf beruvchi
shilimshiq modda)ta'sir qila boshlagan shekilli
Mansur boshini likillatib iljaygancha musiqaga
raqs tushayotgan yoshlarni kuzatib o'tirardi.
-Ukam tayyormisan,kettik.
-Ish pishdimi okam e zor boldida deb biroz
gandiraklab Nizomning ortidan ergashdi Mansur.
Nizom uni qorong'u mehmonhonaga boshlab kirdi.
-Uzr ukam xonada svet yo'q bu yog'iga o'zing
topvolasan qizzni bor dedida chiqib ketdi Nizom.
Mansur eshikdan ichkariga kirarkan qorong'udan
hech nima ko'rmasdi.Boz ustiga Nizom bergan
vino ta'sirida hushi boshidan uchayotgandi
-Nargiz deya qizni chaqirdi Mansur yonginasida
qizning hmmm degani so'ng iliq nafasi sezildi.
Yigit o'sha tomon burildi.
-Qo'lingni ber dedi Mansur.
Qiz qo'lini uzatdi va asta Mansurning quchog'iga
kirdi ... DAVOMI 3 - QISMDA
VoxXx.Ru - Siz uchun maxsus
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Qo'shnilar
Yozdi: Oliyjanob (16 May 2018, 02:16)
Ko'rilgan: 233
Do'stlar bilan baham ko'ring:
Reyting: 0
*0 | 0*
Fikrlar: (0)
Saytda 1 soat davomida faol bo'ling va saytdan to'liq foydalaning!
Faollik vaqtingiz:
Xabar yo'q!
Bosh sahifa