Saytga kirish
A'zo bo'lish
Hikoyalar | borilar zaminida xiyonat (kochirma)
-Ena ,bu yil ham Jildirsoyga qish qattiq
keladiganov!
-Bilmadim bolam tabiat injiqda!
Belim og'riyabdi qani endi mening ham kelinim
bo'lganida! Sen qachon uylanasana bolam?!
-Ena,hali vaqt bor !
-Unut o'sha Nargizani,e o'shaning ham shunday
yigitga tegmay qayoqdagi qassobning o'g'liga
tegib ketdi.
-Ena iltimos bas qiling.
-Bas qilmayman uni unut u seni tashlab ketdimi
men senga undan chiroyli qiz topaman.
Xayriniso momo nosqovog'idagi nosidan otib
gapini davom ettirdi.
-Shu bilsang qo'shni ovulda Oysara ammangni
Oygul degan qizi bor. Oy desang oydek kun
desang kundek... Gapni qisqasi baxor kelishi bilan
o'sha qizga uylab qoyaman seni!
Mansur ux tortgancha eski alamlarni unutish
uchun tashqariga chiqdi Osmondan tinmay
yog'ayotgan qorga qarab xorsinib qoydi.
Ertalabgacha tizzadan oshsa kerak bu qor deb
oylab qoydi.
Qor... Hamma narsa uni eslatadiya jin ursin.
Mansur cho'ntagidan sigareta olib tutatarkan bir
yil oldingi voqealarni esga ola boshladi.
:::Bir yil oldin:::
Jildirsoyga qish qattiq keldi. Tog' bag'ridagi
qishloqqa bu odatiy hol,lekin qattiq kelgan qish
boshqa muammoni ko'tardi. Tog'da yemish
topolmagan bo'rilar tunda qishloqqa tushib kela
boshladi. Zim ziyo tunda qishloqning jonlig'idan
birortasini tog'ga sudrab ketishardi.
Har tong yangi habar shundan boshlanardi.
Bo'rilar palonchini qo'yini olib ketibdi, pistonchini
eshshagini g'ajib ketibdi.
Qishloqda ovchilar kam edi. Boriyam yurak yutib
bunaqa to'daga qarshi chiqmasdi.
Shunday vaziyatda qishloqning eng mashxur
ovchisi bo'lgan marxum Azim merganning o'g'li
Mansur dadasidan qolgan qo'shotarni yelkasiga
ildi.
Ikki kecha qishloqni darbadar kezdi niyatiga
yetmadi. Uchinchi kecha deganda qishloq
shimolida semiz qo'chqorni talashib sudrayotgan
uch yoki tort bo'rini uchratdi.
Ko'zlab tepkini bosdi, merganlik dadasidan o'tgan
ekanm bittasini qulatdi. Qolganlari tog' tomon
qochishdi.
Ertasiga yashin tezligida habar tarqadi. Mansur
mergan bolibdi. Bitta bo'rini yiqitibdi shovvoz.
Ha otasini o'g'lida baraka topsin...
Bunaqa gaplarning keti uzilmadi,qishloqda
Mansurning obro'yi oshib ketdi.Ayniqsa bo'yi
yetgan qizlar ana Mansur kelyabdi ko'chada desa
devor osha mo'ralydigan bo'ldi .
Mansur havolanmadi,qo'lidagi miltiqni mahkam
tutdi.Yangi yil arafasi og'ilida gijinglab turgan ola
qashqa otini minib qishloq oraladi.U bo'rilarning
tabiatini kichikligidayoq dadasining hikoyalaridan
tushunib kelardi.Bo'rilar och albatta yana
qaytishadi lekin qishloq katta u boshidan bu
boshiga borgunicha borilar ishini bitiradi.
Atrofni kuzatib yurgan yigit olisdan qora sharpani
ilg'adi.Avtobus bekati tomondan kelayabdi.
Aslida eng yaqin bekat qo'shni qishloq orqali
o'tadi notanish kimsa o'sha tarafdan
kelayotgandi.
Mansur qiziqsinib otini o'sha tarafga choptirdi.
Qalin qorda zo'rg'a kelayotgan sharpa yanada
oydin ko'rindi.
Qishlog'idagi Narimon magazinchini shaxarda
o'qiydigan qizi Nargiza.
Mansurning yuragi g'alati ura boshladi.Nargiza
bilan kichigligida o'ynab katta bo'lishgan ku lekin
vaqt o'tib oralari uzoqlashgandi.
Hozir qiz o'n sakkizga to'lib oqi oqga qizili qizilga
ajralgan vaqti.Manaman degan yigitlarni hushini
oladigan darajada hushsurat edi.Bo'yi ham
novchagina hatto Mansurdan ham biroz baland
ediyov.
Mansur otini qizning yonida to'xtatdi.
-Nargiza salom!
-Mansuuur salooom,qandaysan!
-Yaxshi sovuqqotibsan kel otga min uyinggacha
olib borib qoyaman.
-E qoysangchi bilasanku qishlog'imiz odamlarini
gap chiqarib yuborishadi.
-E qo'y o'sha odamlarni qishloqqa bo'ri oralagan
bunaqa payti yokg'iz yurganingga hayronman
haliyam ko'rib qoldim kel qo'lingni ber.
Bo'rini eshitgan Nargiza noiloj yigitga qo'lini
uzatdi.
Naqadar nozik qo'llar,juda go'zallasgib ketibdi
o'yladi yigit!
Buncha qo'li baquvvat o'ziam kelishgan yigit
bo'libdi o'yladi qiz ichida.
O'y o'yligicha qoldi..
-O'qishlaring yaxshimi Nargiza!?
-Raxmat,bir navi yangi yilga ta'til olgandik shunga
kelayabman da!
-Juda omadlisanda Nargiza shaxarda o'qiysan.
-E ossonmas shaxarda o'qish.Juda sershovqin.
-Baribir ko'pchilik shaxarda o'qiganlar o'sha
yoqlarda qolgisi keladida senam shaxarda
turmush qilib qolsang keraga!?
Mansur o'zining axmoqona va bemavrid savolidan
o'ng'aysizlandi .
Sovudan qotib qolgan qiz otdan qulamaslik uchun
qo'llarini Mansurning belidan o'tkazib mahkam
qisib olgan har nafas chiqarganda Mansurning
qulog'i ostida musiqadek jaranglab yigitni es
hushini o'g'irlab borardi.
-Ota onam kimga desa o'shanga tegamanda
jindi.Sen nima shaxarda o'qib taltayib ketdi db
o'yladingmi meni.. Xazil qildi Nargiza.
Uning bu gapi yigitning qalbidagi uchqunni
olovlantirdi.
Vaqti kelsa dilidagi gaplarni qizga aytishni diliga
tugdi.
-Mansur meni shu yerda qoldir bu yog'iva o'zim
ketaman dedi qiz qishloqning kiraverishida.
Mansur e'tiroz bildirmay chaqqonlik bilan otdan
tushdida qizga qo'l uzatdi.
Butun tanasi muzlab qolgan qiz otdan
tushayotganda bor og'irligi bilan Mansurning
ustiga quladi.
Mansur uni ko'taraman deb orqaga yiqildi ustidan
Nargiza bosib qoldi.Bir necha soniyalik vaziyat...
DAVOMI 2-QISMDA
VoxXx.Ru - Siz uchun maxsus
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Qo'shnilar
Yozdi: Oliyjanob (16 May 2018, 02:14)
Ko'rilgan: 232
Do'stlar bilan baham ko'ring:
Reyting: 0
*0 | 0*
Fikrlar: (0)
Saytda 1 soat davomida faol bo'ling va saytdan to'liq foydalaning!
Faollik vaqtingiz:
Xabar yo'q!
Bosh sahifa